Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Subaru WRX Limited va Mazda 3 Turbo AWD: kattalar uchun ixcham avtomobillar dinamikasi taqqoslandi

Subaru WRX Limited va Mazda3 Turbo taqqoslanganda, WRX faol haydashga, Mazda esa uzoq va qulay safarlarga koʻproq mos kelishi koʻrinadi. Har ikki model ham toʻliq yuritmaga ega.

27-noyabr, 13:32По-русски

Read in English

carbuzz.com

Ikki ixcham avtomobilni taqqoslash quvvatga boʻlgan yondashuvdagi farqni koʻrsatadi: Subaru WRX Limited faol haydashga, Mazda3 Turbo esa qulaylik va salonning sifatliroq bezagiga yoʻnaltirilgan.

WRX 271 ot kuchiga ega bokser turbo dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Mazda3 Turboʻda esa qatorli turbo dvigatel oʻrnatilgan: oktan soni 93 boʻlgan benzinda u 250 ot kuchi, oktan soni 87 boʻlgan yoqilgʻida esa 227 ot kuchi ishlab chiqaradi. Mazda modeli faqat avtomatik transmissiya bilan taklif etiladi. Har ikki avtomobil toʻliq yuritmadan foydalanadi.

Subaru tizimi tortish kuchini gʻildiraklar oʻrtasida mexanik markaziy differensial orqali taqsimlaydi va momentni faol taqsimlash funksiyasi bilan toʻldirilgan. Bu burilishdan chiqishda gazni ertaroq bosish va yoʻl bilan ilashishni saqlab qolishga yordam beradi. Mazdaʼda esa odatiy sharoitda tortish kuchi old gʻildiraklarga uzatiladi, zarurat tugʻilganda elektronika orqa oʻqni ham ishga ulaydi. Bu yechim old yuritmaga qaraganda samaraliroq, biroq burilishlardagi imkoniyatlari boʻyicha WRXʼdan ortda qoladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Shassi sozlamalaridagi farq ham yaqqol seziladi. Subaruʼda rul boshqaruvi reaksiyalari keskinroq, tormozlari kuchaytirilgan, osmasi esa sportcha sozlangan. Mazda yumshoqroq sozlamalarga, tashqi shovqindan yaxshiroq izolyatsiyalangan salonga va qimmatroq taassurot uygʻotadigan materiallarga ega. Biroq uning haydovchisi yoʻl bilan aloqani kamroq his qiladi.

Mexanik uzatmalar qutisiga ega WRX Limited 38 995 dollar turadi, xetchbek kuzovidagi Mazda3 Turbo narxi esa 38 190 dollarni tashkil etadi. Har ikki avtomobil 100 km/soat tezlikka taxminan 5,8 soniyada chiqadi. Shu sababli Subaruʼning ustunligi toʻgʻri chiziqdagi tezlikdan koʻra tortish kuchi va burama yoʻldagi xatti-harakatida namoyon boʻladi. Mazda3 Turbo xotirjam safarlar uchun, WRX esa rulda hayajonni muhim deb biladigan haydovchi uchun koʻproq mos keladi.