Premium

Xitoy Rolls-Royce bilan raqobatlashishga moʻljallangan yangi premium sedanni tizer orqali koʻrsatmoqda

Yangwang Altior taqdimoti 5-noyabr kuni Dubayda boʻlib oʻtadi, modelning eʼlon qilingan uzunligi esa 5 500 millimetrga yetadi.

Muharrir: Тимур28-oktabr, 15:29По-русски

BYD kompaniyasi Yangwang Altior flagman sedanining dastlabki suratlari va qisqa videosini namoyish etdi. Avval HU kod nomi bilan tanilgan ushbu model brend qatorida Yangwang U8 va Yangwang U9’dan yuqoriroq oʻrin egallashi koʻzda tutilgan.

Tizerda tomga oʻrnatilgan lidar, katta xromlangan gʻildiraklar hamda avtomobil harakatiga qarama-qarshi ochiladigan orqa eshiklar koʻzga tashlanadi. Old qism dizayni Yangwang U8 koʻrinishini eslatadi, biroq avtomobilning texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan.

Xitoy bozorida sedan Dingyao deb ataladi, Altior nomi esa xalqaro savdolarda ishlatiladi. Xitoy va Malayziyada tarqalgan xabarlarda Rolls-Royce Ghost, Mercedes-Maybach S-Class va Maextro S800 raqobatchilar qatorida tilga olinadi; taxminiy narx 2 million yuan deb baholanmoqda, biroq BYD bu maʼlumotni tasdiqlamadi.

Yana oʻqing