Avtomobil egasiga

BYD Seagull elektromobilini yangilab, yuqori tezlikda shina yorilganda avtomobilni barqarorlashtirish standart tizimini qoʻshdi

Xitoyda yangilangan xetchbekning narxi 65 900 yuandan boshlanadi, qoʻshimcha haq evaziga esa LiDAR va avtonom haydash funksiyalari taklif etiladi

Muharrir: Тимур28-oktabr, 11:24По-русски

BYD Seagull elektromobilini yangilab, yuqori tezlikda shina yorilganda avtomobilni barqarorlashtirish standart tizimini qoʻshdi. Ikkinchi avlod kattaroq kuzov, kengaytirilgan salon va DiLink 150 multimedia tizimiga ega boʻldi.

BYDʼning Ocean Series yoʻnalishi bosh menejeri Chjan Chjo avtomobilning soatiga 140 km tezlikdagi sinovini namoyish etdi. Shina shikastlangach, mashina oʻz harakatlanish qatorida harakatni davom ettirdi va boshqaruvni yoʻqotmasdan toʻxtadi.

Model 420 km gacha CLTC sikli boʻyicha yurish zaxirasini taʼminlaydigan ikkita batareyaga ega boʻldi. Flash Charging texnologiyasi akkumulyatorni besh daqiqada 70 foizgacha quvvatlash imkonini beradi, yangilangan Seagull esa kuchliroq elektr motorlari va mustaqil orqa osma bilan ham jihozlangan.

Xitoydan tashqarida BYD bu modelni Dolphin Surf va Dolphin Mini nomlari ostida taqdim etishi kutilmoqda.