BMWʼning ilk elektr yoʻltanlamasi yaqinlashmoqda
iX7 modeli haqida dastlabki tasavvur: uning debyuti 2027-yil oʻrtalarida kutilmoqda

Первоисточник — BMW
BMW hozircha iX7 modelini rasman taqdim etmadi. U uch qator oʻrindiqqa ega brendning eng katta SUV modelining elektr versiyasi boʻladi hamda Neue Klasse platformasidagi modellar qatorida iX3 va iX5 dan keyin keladi.
Prototip tasvirlariga qaraganda, avtomobil boshqa Neue Klasse elektromobillariga nisbatan anʼanaviyroq dizaynga ega boʻladi. Unda keng radiator panjarasi, alohida faralar va kuzov ustunlarida joylashgan kichik eshik tutqichlari koʻzga tashlanadi.
iX7 modelining debyuti 2027-yil oʻrtalarida kutilmoqda. Taxminlarga koʻra, model ikki motorli kuch qurilmasi va toʻliq yuritma bilan jihozlanadi.

