Yoʻllar va qoidalar

Toyota beshta pikapi va yoʻltanlamasiga qor gusenitsalarini oʻrnatdi. Nega endi boʻlmasin?

Snowhunter loyihasidagi ayrim yechimlar seriyali avtomobillarga oʻtishi mumkin, biroq qor gusenitsalari emas.

Muharrir: Тимур27-oktabr, 19:26По-русски

Toyota SEMA 2026 koʻrgazmasida namoyish etish uchun beshta Snowhunter konseptini tayyorladi: Tundra, Tacoma, 4Runner, Land Cruiser va Sequoia. Barcha avtomobillar kamuflyaj, oq kukunli boʻyoq bilan qoplangan gusenitsalar, qora yaltiroq elementlar, qoʻshimcha Rigid fonarlari va oshirilgan yoʻl tirqishiga ega boʻldi.

Tundra Snowhunter yuklarni saqlash joylari va ogʻir jihozlarni ortish uchun harakatlanuvchi yuqori qismiga ega TrailLift Pro Rack System tizimi bilan jihozlandi. Tacoma yuqori WeBoost antennasi, tent oʻrnatilgan tomga mahkamlanuvchi yuk platformasi, MOLLE panellari va evakuatsiya taxtalarini oldi. 4Runnerʼda Thule yuk qutisi hamda kuzovning pastki qismidagi qoʻshimcha himoya elementlari paydo boʻldi.

Land Cruiser Thule changʻi mahkamlash moslamasi, kuchaytirilgan himoya poroglari va himoya plastinalari bilan jihozlandi. Sequoia ushbu liniyadagi bir nechta yechimlarni, jumladan, kuchaytirilgan oldingi TRD himoyasi va yoʻlovchilar uchun joyni kamaytirmaydigan Thule yuk qutisini birlashtirdi.

Yana oʻqing