Xarid va narxlar

Koʻpriklari va osmasi UAZ-469 dan olingan seriyali «Niva» — 20 ming yevro: Germaniyada eng noyob VAZ-1922 «Marsh» yoʻltanlamasi sotuvga qoʻyildi

2002-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil restavratsiyadan soʻng oʻta past bosimli shinalar bilan jihozlangan, uning bosib oʻtgan masofasi esa 1 ming kmni tashkil etadi.

Muharrir: Тимур28-oktabr, 11:55По-русски
ixbt.com — mobile.de через Carsoops

Germaniyada botqoqliklar, qalin qor va borish qiyin hududlar uchun yaratilgan «Niva»ning ekstremal versiyasi — VAZ-1922 «Marsh» sotuvga qoʻyildi.

Ulkan gʻildiraklar sabab kuzov gʻildirak ravoqlarining kengaytirgichlari bilan jihozlangan, oldi va orqa qismiga esa himoya yoylari oʻrnatilgan. Konstruktsiyada UAZ-469 dan olingan takomillashtirilgan koʻpriklar va ressorali osma qoʻllangan, shuningdek, faralar hamda orqa chiroqlar oʻzgartirilgan.

Kaput ostiga «Jiguli»ning benzinli dvigateli oʻrnatilgan, salon esa yon tomondan kuchli tayanchga ega oʻrindiqlardan tashqari, oddiy «Niva»dagi bezakni saqlab qolgan. Sotuvchining aytishicha, restavratsiyadan soʻng avtomobil yoʻltanlamas ekspeditsiyalar uchun mos keladi; bunday avtomobillardan jami ming donadan kam ishlab chiqarilgan.

Yana oʻqing