Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Premium

Mercedes noyob rotorli dvigatelga ega C 111 superkarini auksionga qoʻyadi

Mercedes C 111-II modelini original rotorli dvigateli bilan ilk bor sotadi. RM Sothebyʼs auksioni 2027 yil 3 fevral kuni Parijda boʻlib oʻtadi, undan tushgan mablagʻ esa marka muzeyini yangilashga yoʻnaltiriladi.

18-noyabr, 12:24По-русски

Read in English

motor1.com

Mercedes oʻzining C 111 avtomobillaridan birini ilk bor ochiq savdoga chiqaradi. Auksionni RM Sothebyʼs Rétromobile Paris klassik avtomobillar koʻrgazmasi doirasida Palais du Louvre saroyida oʻtkazadi. Ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtgach, joyida yoki telefon orqali taklif berishlari mumkin.

Auksionga kompaniyada Car 33 nomi bilan tanilgan, ishlab chiqarilgan uchinchi C 111-II chiqariladi. Avtomobil original 2,4 litrli, toʻrt rotorli Wankel M 950 W 48 dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, uning quvvati 350 ot kuchiga teng. U 300 km/soatgacha tezlasha oladi. Avtomobil Weißherbst rangiga boʻyalgan, kulrang-oq «gʻoz panjasi» naqshli sport oʻrindiqlari va Becker Europa radiopriyomnigi bilan jihozlangan.

Mercedes zavodda oʻrnatilgan yengil qotishmali gʻildiraklarni saqlab qolgan, sinovlarda ishlatilgan magniyli gʻildirak disklari toʻplami ham xaridorga topshiriladi. Yoshi va holati sababli ulardan faqat namoyish maqsadida foydalanish mumkin. 2024 yilda Car 33 yoʻlda harakatlanishga yaroqli holatgacha tiklandi: kuzov va salonning original patinasi saqlab qolindi, kuch qurilmasi esa toʻliq qayta taʼmirlandi. Avtomobil 1975 yildan beri Mercedes kolleksiyasiga kiradi va ilgari hech qachon kompaniya egaligidan chiqmagan.

Tushum Mercedes-Benz Museum 2.0 loyihasiga yoʻnaltiriladi. Loyiha Shtutgartdagi muzeyni modernizatsiya qilish va uning virtual ekspozitsiyalarini, jumladan, bino raqamli egizagini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mercedes yana 25 yil davomida boshqa C 111 avtomobilini sotmaslik majburiyatini olgan. Shu sababli auksionga qoʻyilgan avtomobil bu davrda ushbu modelni sotib olishning yagona imkoniyati boʻlib qoladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media