Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Lexus RX katta restaylingga tayyorlanmoqda

Lexus beshinchi avlod RX modelining ilk katta restaylingini tayyorlamoqda. Yangilangan krossover Yaponiyada 2027 yil iyun yoki iyul oyida debyut qilishi mumkin

16-noyabr, 11:54По-русски

Read in English

daily-motor.ru

Lexus yangilangan RX modelini sinovdan oʻtkazishni boshladi: kamuflyajlangan prototip Yevropada koʻzga tashlandi. Restayling, avvalo, krossoverning old qismiga taalluqli boʻladi, seriyali versiya esa kutilishicha, 2027 yil yozida ishlab chiqaruvchining ichki bozorida taqdim etiladi.

Norasmiy renderlarga koʻra, model radiator panjarasi va bamperning markaziy qismi dizaynida oʻzgarishlar yuz beradi. Kuzov rangiga boʻyalgan qism pastroqqa tushirilishi, toʻrli panjara esa bamperga nisbatan vizual jihatdan pastroq joylashishi mumkin. Markaziy havo kirish joyi, ehtimol, kengroq va pastroq qilinadi, yon teshiklar esa boshqa shaklga ega boʻladi.

Farlari va kuzov yon qismlarining asosiy shakli, taxminlarga koʻra, saqlanib qoladi. Orqa qismda faqat bamperga kichik oʻzgartirishlar kiritilishi kutilmoqda: qora plastik elementlar kamayishi, boʻyalgan detallar esa koʻpayishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Salonda ham oʻzgarishlar boʻlishi ehtimol. Sinov avtomobilida old paneldan ajratilganga oʻxshaydigan yirik markaziy displey koʻrindi. Hozir RX modeliga oʻrnatilgan 14 dyuymli ekran old panel ichiga integratsiya qilingan. Yangilangan versiyada yangi avlod multimedia tizimidan foydalanish, shuningdek, ruldagi tugmalar, iqlim boshqaruvi regulyatorlari va markaziy konsolni qayta ishlash mumkin.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobil oʻlchamlari va kuch qurilmalari oʻzgartirilmaydi. Yaponiya bozorida RX350, RX350h, RX450h+ va RX500h F SPORT Performance versiyalari saqlanib qoladi. Dvigatellar boshqaruv elektronikasini qayta sozlash orqali gaz pedaliga javobni tezlashtirish, shovqinni kamaytirish va yoqilgʻi tejamkorligini oshirish mumkin.