Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtosport

Ishlab chiqaruvchilar V8 dvigatellarining F-1ga qaytishini qoʻllab-quvvatlamoqda

Ishlab chiqaruvchilar Formula-1da V8 dvigatellarini qaytarish rejasini umuman qoʻllab-quvvatlamoqda. Yangi reglament loyihasi hali tasdiqlanmagan va bugun muhokama qilinadi.

16-noyabr, 16:58По-русски

Read in English

sports.ru

Rasmiy muhokamada seriyaning texnik reglamentni oʻzgartirish rejalari koʻrib chiqiladi. V8 dvigatellarining qaytishi kuch qurilmalarini arzonroq va soddaroq, poygalarni esa muxlislar uchun tomoshaboproq qilishi kerak.

Loyihada hajmi 2,1 litr boʻlgan dvigatel koʻzda tutilgan. Elektr qismining quvvatini 200 kVtgacha kamaytirishmoqchi: uning yarmi doimiy ravishda mavjud boʻladi, qolgan qismi esa quvib oʻtish rejimida ishlatiladi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar kuch qurilmasi asosini yaratishni bitta tashqi kompaniyaga topshirib, uni takomillashtirishni chempionat ishtirokchilariga qoldirish gʻoyasiga qarshi. Manbalardan birining fikricha, jamoalar uchun kuch qurilmasining avtomobilning umumiy unumdorligiga taʼsirini saqlab qolish muhim.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media