Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Jetourning ilk elektromobili Xitoyda oldindan buyurtmaga ochildi

TX krossoveri orqa yoki toʻliq uzatmali besh xil komplektatsiyada taklif etiladi; oldindan buyurtma bosqichidagi narxlar 15 000–22 000 dollarni tashkil qiladi.

17-noyabr, 16:32По-русски

Read in English

autonews.ru

Jetour oʻzining ilk toʻliq elektr krossoveri TX uchun oldindan buyurtmalarni qabul qila boshladi. Model orqa yoki toʻliq uzatma bilan taklif etiladi, yuqori komplektatsiyalar esa Falcon 500+ haydovchiga yordam berish tizimlari majmuasiga ega boʻladi.

TXʼning uzunligi 4605 mm, kengligi — 1880 mm, balandligi — 1700 mm, gʻildirak bazasi esa 2735 mm. Krossover burchakdor kuzov, retro uslubidagi dumaloq faralar va hajmi 150 litr boʻlgan old yukxona bilan jihozlangan. Avtomobil uchun kuzovni boʻyashning olti xil varianti koʻzda tutilgan.

Salonda diagonali 8,8 dyuym boʻlgan ekranli raqamli asboblar paneli va multimedia tizimining 15,6 dyuymli markaziy displeyi oʻrnatilgan. Komplektatsiyaga qarab Qualcomm Snapdragon 8155 yoki 8775 protsessorlaridan foydalaniladi. Tizim Huawei HiCar, Apple CarPlay va Carlinkʼni qoʻllab-quvvatlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Elektromobil sigʻimi 65 kVt·soat boʻlgan litiy-temir-fosfat batareya bilan jihozlangan. CLTC sikli boʻyicha maksimal yurish zaxirasi 550 km ga yetadi. Orqa uzatmali versiya quvvati 200 kVt, aylantiruvchi momenti 285 N·m boʻlgan elektromotor bilan taʼminlangan va 100 km/soatgacha 7,5 soniyada tezlashadi. Toʻliq uzatmali variantda dvigatellarning umumiy quvvati 275 kVt, aylantiruvchi momenti — 427 N·m, 100 km/soatgacha tezlashish esa 5,5 soniya davom etadi.

Falcon 500+ avtomagistralda harakatlanishga yordam berish, avtomatik, masofadan boshqariladigan va joylashuvni eslab qoluvchi parkovka, shuningdek, avval bosib oʻtilgan yoʻnalish boʻylab mustaqil ravishda orqaga qaytish funksiyasini oʻz ichiga oladi. Shaharda harakatlanishga yordam berish tizimini keyinroq dasturiy taʼminot yangilanishi orqali qoʻshish rejalashtirilgan.