Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

GFC pikap kuzovlarini changdan himoyalash uchun turbina ishlab chiqdi

Go Fast Campers pikap kuzoviga tozalangan havo yuboradigan GFC Dust Pump tizimini ishlab chiqdi. Qurilma $799 turadi, ammo allaqachon sotilib boʻlgan.

16-noyabr, 17:02По-русски

Read in English

motor1.com

Go Fast Campers (GFC) kemper oʻrnatilgan pikap kuzovlarida ortiqcha bosimni saqlash tizimini yaratdi. U yoʻltanlamas yoʻllarda harakatlanish paytida yukxona eshigi, kuzov panellari va bortlaridagi tirqishlardan chang kirishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.

Kompaniya ishlab chiqish uchun oʻn minglab dollar sarfladi. Qurilmada radioboshqariladigan modeldan olingan ixcham reaktiv turbina ishlatiladi: u havoni filtr orqali haydab, kuzov ichida bosim hosil qiladi. Gʻoya ralli avtomobillaridan olingan — u yerda shunga oʻxshash tamoyil salonni changdan himoyalash uchun qoʻllanadi.

Tomdagi oddiy havo kirish moslamalari yuqori tezlikda samaraliroq ishlaydi, ammo chang yoʻlda sekin harakatlanish uchun bu yetarli emas. Shu sababli GFC passiv tizimdan voz kechib, elektron boshqaruvni qoʻshdi. Datchiklar kemper ichidagi va tashqarisidagi bosimni sekundiga 50 marta taqqoslaydi, shundan soʻng kontroller turbina unumdorligini oʻzgartiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Egasi kerakli bosimni sensorli ekran orqali belgilashi va koʻrsatkichlarni real vaqt rejimida kuzatishi mumkin. Kabinadan boshqarish uchun Wi-Fi va ilova koʻzda tutilgan. GFC maʼlumotiga koʻra, kuzovni germetiklashtirish changning taxminan 90 foizini yoʻq qiladi, yangi tizim esa qolgan ifloslanish bilan kurashishi kerak.

Maxsus filtr oʻrniga kompaniya maysa oʻrish mashinalari uchun keng tarqalgan havo filtrini tanladi. Ikki shunday filtrdan iborat toʻplam $9,99 turadi, shu bois uning oʻrnini topish osonroq va texnik xizmat koʻrsatish arzonroq boʻlishi kerak. GFC Dust Pump kompaniya saytiga $799 narxda joylashtirildi, biroq mahsulot sotilib boʻlgan.