Geely Galaxy besh oʻrinli M8 ning yangi tasvirlarini namoyish etdi
Geely Galaxy M8 plagin-gibridining yangi tasvirlarini eʼlon qildi. Model IV chorakda ishga tushiriladi, elektr quvvatida yurish zaxirasi 251 km gacha boʻladi.

Eʼlon qilingan kadrlarda M8 ning tashqi koʻrinishi, kokpiti va orqa yoʻlovchilar uchun moʻljallangan qismi koʻrsatilgan. Kompaniya premyaraning aniq sanasi va narxlarini hozircha ochiqlamadi.
M8 Galaxy M9 uslubida ishlab chiqilgan: uning old qismida kuzovning butun eni boʻylab choʻzilgan yorugʻlik tasmasi, tomida esa lidar bor. Salonda alohida raqamli asboblar paneli va markaziy konsolda katta ekran oʻrnatilgan.
Avtomobilning uzunligi 5 205 mm, eni — 1 999 mm, balandligi — 1 800 mm, gʻildirak bazasi esa 3 030 mm. Oʻlchamlari boʻyicha yangi model M9 ga mos, biroq kuzov ichidagi joylashuvi bilan farq qiladi. M8 ikki qator va besh oʻringa ega, M9 esa uch qator va olti yoʻlovchiga moʻljallangan. Avtomobil 1,5 litr hajmli benzinli turb dvigatel va elektromotordan iborat plagin-gibrid tizim bilan jihozlangan.
Energiya saqlash uchun sigʻimi 53,42 kVt·soat boʻlgan CATL litiy-temir-fosfat batareyasi xizmat qiladi. Elektr quvvatida yurish zaxirasi 251 km gacha ekani bildirilgan. M8 Galaxy M SUV qatoridagi uchinchi modelga aylanadi; bu qatorda allaqachon ixcham M7 va katta, olti oʻrinli M9 mavjud. Tasvirlar brendning oylik savdolari rekord darajaga yetganidan keyin eʼlon qilindi.





