Poygachi Sergey Karyakin 2027 yilda «Dakar» ralli-marafonida qatnashadi
Poygachi Sergey Karyakin jamoasining 2027 yilgi «Dakar»dagi ishtirokini tasdiqladi. Bu poyga besh yillik tanaffusdan keyin uning uchun oʻninchi musobaqa boʻladi.
16-noyabr, 18:47По-русски

auto.mail.ru
Karyakin jamoa poygaga tayyorgarlik doirasida logistika va texnik masalalarni hal qilayotganini maʼlum qildi. Reglamentdagi oʻzgarishlar sabab jamoa boshqa ishlab chiqaruvchining avtomobilidan foydalanishiga toʻgʻri keladi — avval jamoa oʻzi ishlab chiqqan avtomobillarda qatnashgan.
«Dakar» 2027 yil 9–23 yanvar kunlari Portugaliya, Ispaniya va Marokashda boʻlib oʻtadi. Maxsus uchastkalar masofasi 4 341 kmni tashkil etadi. Tashkilotchilar Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab poygani Saudiya Arabistonida oʻtkazmaslikka qaror qildi.
Yana oʻqing

Toto Volf «Mercedes»ning mavsumning qolgan poygalaridagi maqsadlarini belgiladi
Avtosport11:23
David Alonso Sepangdagi yopiq testlarda Honda MotoGP mototsiklini sinadi
Avtosport17-noyabr, 16:38


