Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Mask dekabrda xususiy Tesla avtomobillarini Robotaxi sinovlariga ulash mumkinligini aytdi

Agar tayyorgarlik muvaffaqiyatli oʻtsa, Tesla 2026-yil dekabrida avtomobil egalarining shaxsiy mashinalini Robotaxi tarmogʻida sinovdan oʻtkazishni boshlashi mumkin, deya maʼlum qildi Ilon Mask.

18-noyabr, 11:53По-русски
ixbt.com

Tesla rahbari bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida Model Y avtomobilidan foydalanadigan Uber haydovchisiga javoban yozdi. Haydovchi oʻz ishtirokisiz avtomobilini Robotaxiʼda buyurtmalarni bajarishga yuborishni afzal koʻrishini aytdi. Mask sinovlar keyingi oyda boshlanishi mumkinligini bildirdi va avtomobillar parkini boshqarish bitta mashinani mustaqil haydashdan koʻra foydaliroq ekanini qoʻshimcha qildi.

Taxmin qilinishicha, avtomobil egalari Tesla platformasi orqali mashinalarini haq toʻlanadigan safarlarga taqdim eta oladi. Shaxsiy avtomobillarni ulash kompaniyaga xizmat avtoparkini kengaytirish imkonini beradi. Dastlabki sinovlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan joylardan biri sifatida Texas shtatidagi Ostin tilga olinmoqda — Robotaxi u yerda eng uzoq vaqtdan beri ishlamoqda. Biroq Mask javobida testlar oʻtkaziladigan joy aniqlashtirilmagan.

Ishtirok etish shartlari hozircha oshkor qilinmagan. Model Yʼning qaysi versiyalari sinovlarga qoʻyilishi, qoʻshimcha uskunalar talab etiladimi va safarlardan olinadigan daromad qanday taqsimlanishi nomaʼlum. Mask bayonotida avtomobil egalari uchun arizalar qabul qilinishi boshlanadigan sana ham koʻrsatilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media