Ichkaridan: Formula-1 zamonaviy klassikasi qaytishi oldidan Turkiyadagi yangilanishlar
Istanbul Park kelasi yili Formula-1 taqvimiga qaytadi. Tashkilotchilar trassa konfiguratsiyasini saqlab qoladi, biroq infratuzilma va Gran-pri formatini yangilaydi.

Turkiya Gran-prisining Istanbul Parkka qaytishi oldidan keng koʻlamli oʻzgarishlar tayyorlanmoqda. Turkiya avtomobil federatsiyasi (TOSFED) prezidenti Eren Uchlertopragi trassa konfiguratsiyasini oʻzgartirmagan holda uni Formula-1ning zamonaviy standartlariga moslashtirishlarini maʼlum qildi.
Tashkilotchilar infratuzilmani modernizatsiya qilish, tribunalarni qisman yopish va muxlislar zonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Tomoshabinlarning kirib-chiqishiga alohida eʼtibor qaratiladi: oqimlarni ajratish uchun trassa atrofida yangi yoʻllar allaqachon qurilgan. Shuningdek, paddok kengaytiriladi, inshoot sigʻimini esa ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda.
Endilikda TOSFED nafaqat federatsiya, balki Gran-prini targʻib qilish uchun ham javobgar. Uchlertopragining soʻzlariga koʻra, bu qaror qabul qilishni osonlashtirishi va tomoshabinlar tajribasiga eʼtiborni qaratishga yordam berishi kerak. Uning taʼkidlashicha, avval trassani muxlislar va Formula-1 manfaatlarini ustuvor deb bilmagan xususiy kompaniya boshqargan.
Tashkilotchilar, shuningdek, qoplama bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etmoqchi. Aynan shu muammolar sabab avvalgi bosqichlarda haydovchilar shinalarning ilashishini muz ustida harakatlanishga qiyoslagan edi. FIA va trassa ekspertlari bilan birgalikda bordyurlarni almashtirish masalasi oʻrganilmoqda, biroq hozircha asfaltni almashtirish rejalashtirilmayapti.
Hozir Istanbul Park yiliga kamida 30 hafta tashrif buyuruvchilar uchun poyga seanslarini qabul qiladi. Taʼmirdan soʻng bu yerda Formula-1 qaytgunga qadar milliy va xalqaro poygalarni yana oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Dastlabki shartnoma besh yilga moʻljallangan, biroq TOSFED va Turkiya hukumati uzoqroq muddatga moʻljallangan loyihani muhokama qilmoqda.
Yana oʻqing

Toto Volf «Mercedes»ning mavsumning qolgan poygalaridagi maqsadlarini belgiladi
Avtosport11:23
David Alonso Sepangdagi yopiq testlarda Honda MotoGP mototsiklini sinadi
Avtosport17-noyabr, 16:38


