Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Hyundai yangi yetti oʻrinli Neira elektr SUVʼini namoyish etdi

Hyundai ilk bor ishlab chiqarishga tayyor Neira EVʼni — uch qatorli, yetti oʻrinli elektr krossoverni namoyish etdi. 20 noyabrda kompaniya Indoneziyada oldindan buyurtma qabul qiladi.

18-noyabr, 11:21По-русски

Read in English

electrek.co

Neira EV Hyundai kompaniyasining Indoneziyada mahalliy ishlab chiqariladigan ilk yetti oʻrinli elektr SUVʼi boʻladi. Model Kia Carens Clavis EVʼni deyarli toʻliq takrorlaydi: farqlar emblema, kuzovning old va orqa qismlaridagi kichik oʻzgarishlar, shuningdek, yangi gʻildiraklar va faralar bilan cheklanadi.

Salonida 12,3 dyuymli ikkita ekran — asboblar paneli va navigatsiya ekrani — hamda iqlimni boshqarish uchun alohida panel oʻrnatilgan. Neiraʼning eʼlon qilingan xususiyatlari qatoriga oshirilgan klirens, Hyundai Bluelink orqali aloqa, koʻr zonalarni monitoring qilish va uchinchi qatorga kirishning soddalashtirilgani kiradi.

Hyundai hozircha kuch qurilmasi va batareya xususiyatlarini oshkor qilmadi. Krossover Kia Carens Clavis EVʼda qoʻllanadigan, sigʻimi 42 va 51,4 kVt·soat boʻlgan akkumulyatorlarni olishi kutilmoqda. Ularning MIDC sikli boʻyicha yurish masofasi mos ravishda 404 va 490 km gacha yetadi, 100 kVt quvvatli doimiy tok stansiyasida 10 foizdan 80 foizgacha quvvatlash esa taxminan 39 daqiqa davom etadi.

Ishga tushirishdan oldin Hyundai Neira EV uchun Banda Acehdagi Kilometer Nol nuqtasidan Banda Neiragacha, taxminan 4 000 km uzunlikdagi sinov yoʻnalishini rejalashtirmoqda. Kompaniya modelni, xususan, Hindistonga eksport qilishi ham mumkin, biroq AQShga yetkazib berish kutilmayapti.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media