Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Sanrivatti V10 dvigatelli va haydovchisi noodatiy joylashadigan ONE giperkarini taqdim etdi

Niderlandiyalik ishlab chiqaruvchi quvvati 800 ot kuchiga teng, haydovchisi deyarli mototsikldagidek joylashadigan bir oʻrinli giperkarni tayyorlamoqda.

15-noyabr, 13:21По-русски

Read in English

carbuzz.com

Niderlandiyaning Sanrivatti kompaniyasi oʻzining ilk ONE giperkarining rasmiy tasvirlarini taqdim etdi. Avtomobil Judd Engines kompaniyasidan olingan, hajmi 5,5 litr boʻlgan atmosferali V10 dvigateli bilan jihozlanadi. Uning quvvati 800 ot kuchiga teng boʻladi, avtomobil esa 330 km/soatgacha tezlikka erisha oladi. Modelni bozorga chiqarish dastlabki rejaga koʻra 2030 yilga moʻljallangan.

Yangilikning asosiy xususiyati salonning noodatiy joylashuvi boʻladi. Haydovchi markazda, MotoGP poygachisiga oʻxshab oldinga egilgan holda oʻtiradi. Bunday konstruksiya keng koʻrish maydonini va boshqaruvdan oʻziga xos taassurotlarni taʼminlashi kerak. Oʻrindiq har bir egasiga alohida moslashtirilishi, gavda va boʻyin uchun qoʻshimcha tayanch bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.

Giperkar dizayni dunyodagi eng tez qush — sapsandan ilhomlangan. Modelning boshqa xususiyatlari qatorida magniy qotishmasidan tayyorlangan gʻildiraklar, katta antik qanot va yirik orqa diffuzor ham bor. Ishlab chiqaruvchi avtomobilning quruq massasini taxminan 1100 kg darajasida ushlab turishni rejalashtirmoqda.

Hozir Sanrivatti ONE muhandislik ishlanmasi va sinov bosqichidan oʻtmoqda. Avtomobilning narxi hozircha eʼlon qilinmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media