Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Premium

BMW M4 elektr kabrioleti tez orada paydo boʻlib, «brokkoli» uslubidagi soch turmagingizni ovozsiz buzadi

BMW M4 elektr prototipi Germaniyada sinovlar paytida koʻrindi. Kabriolet toʻrtta elektr dvigatel va 800 ot kuchidan yuqori quvvatga ega boʻlishi kutilmoqda.

18-noyabr, 11:28По-русски

Read in English

jalopnik.com

BMW M4 elektr kabrioletini kamuflyaj ostida sinovdan oʻtkazmoqda. Tashqi belgilariga koʻra, bu M versiyasi: prototipning old va orqa qanotlari kengaytirilgan, keng gʻildiraklar, yirik perforatsiyalangan tormoz disklari va koʻk supportlar oʻrnatilgan.

Avtomobil, ehtimol, Neue Klasse platformasida quriladi. M3 elektr sedani kabi, u ham 800 ot kuchidan yuqori quvvatga ega toʻrtta dvigatelli kuch qurilmasini olishi kerak. M modellari uchun eʼlon qilingan texnologiyalar qatoriga uzatmalar almashinuvi taqlidi, sozlanadigan tovushlar, shuningdek, osma va rul boshqaruvidagi oʻzgarishlar kiradi. Kabrioletning yurish zaxirasi hozircha oshkor qilinmagan.

Oddiy elektr i4 Convertible hali taqdim etilgani yoʻq. BMW M versiyalarining taqdimoti va sotuvlari qachon boshlanishini ham aytmadi. Shu bilan birga, nashr bahosiga koʻra, standart kabriolet 2027 yilda namoyish etilishi mumkin. Kutilishicha, elektr M4 benzinli qatorli olti silindrli dvigatelga ega versiya bilan parallel ravishda sotiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media