Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Birinchi xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchi L3 avtopilotini sinay boshladi

BAIC va Huawei avtonom boshqaruv tizimini shaharlararo magistrallarda yoʻl sinovidan oʻtkaza boshladi. Stelato V8 120 km/soatgacha tezlikda sinovlarga qoʻyildi.

18-noyabr, 12:20По-русски

Read in English

ixbt.com

BAIC Huawei bilan hamkorlikda Stelato V8 avtomobilini uchinchi darajali avtonom boshqaruv tizimini sinashga olib chiqdi. Sinovlar shaharlararo avtomagistrallarda oʻtkazilmoqda va Xitoyda L3 tizimlarini ommaviy joriy etishni yaqinlashtirishi kerak.

L3 rejimida haydovchi tizimda koʻzda tutilgan sharoitlarda vaqtincha yoʻlni kuzatmasligi va avtomobilni boshqarmasligi mumkin: bu vaqtda harakat uchun javobgarlikni avtomobil oʻz zimmasiga oladi. Haqiqiy yoʻllarga chiqishdan oldin miniven kompyuter modellashtirish orqali hamda yopiq poligonlarda tekshirildi.

Ishlab chiquvchilar yoʻlakdagi harakatsiz avtomobillarni, sekin harakatlanayotgan transportni va oldinda yuz bergan keskin tormozlanishni aniqlashni sinovdan oʻtkazdi. Stelato V8 mustaqil ravishda yoʻlak almashtira oladi, avtomagistraldan chiqishlar oldida tezlikni pasaytiradi va tunda, shuningdek, kuchsiz hamda oʻrtacha yomgʻir yoki qor yogʻayotganida harakatni davom ettiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Avtomobil 38 ta datchikka, jumladan, toʻrtta lidarga ega Huawei Qiankun ADS 5.0 majmuasi bilan jihozlangan. Tomga oʻrnatilgan lidar 896 chiziqli aniqlikka ega.

Avval Xitoyda L3 darajasidagi avtomobillardan foydalanish uchun shartli ruxsatni BAIC va Changan, keyin esa Xpeng, Li Auto, BYD va Avatr olgan. Uchinchi va toʻrtinchi darajali avtonom boshqaruv tizimlariga qoʻyiladigan milliy talablar 2027-yil 1-iyuldan kuchga kirishi kerak.