Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Nissan Z9 pikaplar orasidagi eng samarali yuritma tizimiga ega boʻldi

Yangilangan Nissan Z9 Xitoy bozoriga Nissan pikaplar orasida eng samarali deb atayotgan gibrid qurilma bilan chiqdi. Narxi 22 500 dollardan boshlanadi.

16-noyabr, 10:10По-русски

Read in English

5koleso.ru

Yangilangan Nissan Z9 asfalt yoʻllarda ham, yoʻlsiz joylarda ham foydalanishga moʻljallangan gibrid kuch qurilmasiga ega boʻldi. Uning asosini termik foydali ish koeffitsiyenti 47,06 foizga teng benzinli dvigatel tashkil etadi, tizimning umumiy quvvati esa 326 ot kuchiga yetadi. Maksimal aylantiruvchi moment 800 Nmni tashkil qiladi.

Ishlab chiqaruvchi tortish batareyasining sigʻimini oshkor qilmadi, biroq elektr tortish kuchida 110 kmgacha yurish zaxirasini maʼlum qildi. Gibrid tizim toʻliq elektr rejimidan sport rejimigacha boʻlgan rejimlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Safarlar va kemping uchun model tashqi qurilmalarni ulashga moʻljallangan quvvat manbalariga ega, shuningdek, zaxira elektr manbai sifatida ham ishlatilishi mumkin. Pikap ramasi asosan yuqori mustahkam poʻlatdan tayyorlangan, batareya esa rama koʻndalang toʻsinlari bilan himoyalangan. Eʼlon qilingan suv kechish chuqurligi 800 mmni tashkil etadi.

Nissan Z9 jihozlari qatoriga 10 dyuymli raqamli asboblar paneli, 12,8 dyuymli sensorli ekran, kruiz-kontrol, koʻp funksiyali rul, yomgʻir datchigi va tashqi koʻzgularni isitish tizimi kiradi. Ikkinchi qator oʻrindiqlarining suyanchiqlari buklanib, tekis yuza hosil qiladi; dvigatelni masofadan ishga tushirish funksiyasi ham koʻzda tutilgan. Yuk boʻlimining hajmi 1165 litrni tashkil etadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media