Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtosport

«Formula-1 u yerda endi boʻlmaydi»: Liberty Media sobiq rahbari prognozi

Liberty Media sobiq bosh direktori Greg Maffeyning fikricha, chempionat kelgusi ikki yil ichida birjadan chiqishi mumkin: asosiy oʻsish imkoniyatlari ishlatilgan.

17-noyabr, 11:47По-русски

Read in English

championat.com

Maffey Formula-1 shu muddat ichida fond bozoridan yoʻqolishi mumkinligini aytdi. Chempionatning birjadagi kelajagi haqidagi savolga javoban u: «Ayta olamanki, Formula-1 u yerda endi boʻlmaydi», dedi.

Liberty Media sobiq rahbarining baholashicha, seriyaning eng oson tijoriy oʻsish davri allaqachon yakunlangan. Uning taʼkidlashicha, Formula-1 EBITDA koʻrsatkichi sakkiz-toʻqqiz yil ichida uch baravar oshgan, biroq keyingi sakkiz-toʻqqiz yil ichida bunday natijani takrorlab boʻlmaydi.

Liberty Media chempionatni 2017 yilda taxminan $8 mlrd evaziga sotib olgan. Shundan soʻng uning tijoriy qiymati sezilarli darajada oshdi. Hozir MotoGP ham kiradigan Formula One Group kompaniyasining bozor kapitallashuvi deyarli $28 mlrd deb baholanmoqda.

2025 yilda Formula-1 daromadi 14 foizga oshib, $3,9 mlrdga yetdi. Tijoriy oʻsishni qoʻllab-quvvatlagan omillar qatorida byudjetlar cheklovi, AQShdagi ishtirokning kengayishi, «Yashab qolish uchun poyga» hujjatli serialining muvaffaqiyati va taqvimning 24 bosqichgacha kengayishi qayd etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media