Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

BYD gʻildiraklari teskari oʻrnatilgan flagman yoʻltanlamasini qaytarib olishini eʼlon qildi

BYD Xitoyda Great Tang EVʼni qaytarib olishni eʼlon qildi: ayrim avtomobillarda old va orqa gʻildiraklar teskari oʻrnatilgan. Kompaniya bu xavfsizlik va boshqaruvga taʼsir qilmaganini bildirdi.

15-noyabr, 13:11По-русски

Read in English

carscoops.com

BYD taʼsirlangan avtomobillardagi gʻildiraklarni almashtiradi, kafolat muddatlarining hisobi esa 2026-yil 11-noyabrdan boshlab yangidan boshlanadi. Qaytarib olishga qancha Great Tang EV avtomobili tushgani kompaniya tomonidan oshkor qilinmadi.

Ishlab chiqaruvchi xatoni kodlashdagi muammo bilan bogʻladi. Shundan soʻng BYD uni bartaraf etish choralarini koʻrdi va ishlab chiqarish liniyasida qoʻshimcha vizual tekshiruvlarni joriy etdi. Kompaniya, shuningdek, oʻz sinovlarini oʻtkazib, gʻildiraklarning notoʻgʻri oʻrnatilishi xavfsizlikka tahdid solmaganini va boshqaruvga taʼsir qilmaganini bildirdi.

Toʻliq elektr Great Tang modelini yaqin vaqt ichida jahon bozoriga chiqarish rejalashtirilmoqda. Xitoyda uning narxi taxminan $37 000 ni tashkil etadi, savdolar boshlanishidan oldin esa model uchun 100 000 dan ortiq oldindan buyurtma olingan. Hozirgacha 14 000 ta avtomobil yetkazib berildi.

Great Tang Dynasty turkumining yetakchi modeli boʻlib, oʻlchamlari jihatidan standart gʻildirak bazasiga ega Lincoln Navigator versiyasi bilan taxminan teng.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media