Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

REO 2028-yilda yetkazib beriladigan, narxi 21 500 dollar boʻlgan T4X pikapini taqdim etdi

REO kompaniyasi ikkita pikap va SUVdan iborat Runabout oilasini namoyish etdi. Birinchi boʻlib T4X modelini ishlab chiqarishga chiqarish rejalashtirilmoqda: yetkazib berish 2028-yil oxirida boshlanishi kerak.

17-noyabr, 00:44По-русски

Read in English

carbuzz.com

Runabout qatoridan oddiy kabinali ixcham T4X pikapi, ikki qatorli kabinaga ega T4C pikapi, shuningdek, S4C SUV oʻrin oldi. Barcha modellar rama platformasida qurilgan, atmosferali benzinli toʻrt silindrli dvigatel va toʻliq yuritma bilan jihozlangan.

Avtomobillar uchun mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi hamda pasaytiruvchi uzatma koʻzda tutilgan. Osma tizimining old qismida prujinalar, orqa qismida ressoralar va yaxlit koʻpriklar qoʻllanadi. Tormozlash uchun oldingi oʻqda ventilyatsiyalanuvchi disklar, orqada esa barabanli mexanizmlar oʻrnatilgan. Kuzov toʻliq poʻlatdan tayyorlangan, xizmat koʻrsatishni soddalashtirish maqsadida elektr kuchaytirgich oʻrniga gidravlik rul kuchaytirgichi tanlangan.

S4C olti kishigacha tashiy oladi. T4X yuk platformasining uzunligi qariyb 2 metr boʻladi, T4C platformasi esa qisqaroq, biroq uning saloniga besh yoʻlovchi joylashadi. Barcha modellarning tashqi koʻrinishi amaliy retro uslubida ishlangan: old qismida vertikal fara bloklari oʻrnatilgan, dumaloq orqa chiroqlar esa bamperga joylashtirilgan. S4C modelining zaxira gʻildiragi orqa qismga oʻrnatilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

T4X uchun eʼlon qilingan boshlangʻich narx 21 500 dollarni, T4C uchun 25 000 dollarni, S4C uchun esa 28 500 dollarni tashkil etadi. REO egasi, Dallaslik tadbirkor Zak De Bernardi loyihani xizmat koʻrsatishning soddaligi va taʼmirlash xarajatlarining arzonligi bilan bogʻlamoqda. Kompaniya ishlab chiqish jarayoniga Frankstephenson Designʼni jalb qilgan.

Dastlab REO T4X modelini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda: ishlaydigan prototiplar kelasi yilda kutilmoqda, yetkazib berish esa 2028-yil oxiriga moʻljallangan. Qolgan ikki model keyinroq paydo boʻlishi kerak. Salonning aniq xususiyatlari va mavjud opsiyalar roʻyxatini kompaniya kelasi yilda oshkor qiladi.