AvtoVAZ yangi Lada Azimut krossoveri savdosi muddatini maʼlum qildi
Lada Azimut savdosi joriy yil dekabr oyi boshida boshlanadi, ammo aniq sana hozircha aytilmadi. Avvalroq ishga tushirish 2026 yil noyabr–dekabriga eʼlon qilingandi.

AvtoVAZ yangi krossover savdosini dekabr oyi boshida boshlashni rejalashtirayotganini bildirdi, biroq aniq kun hali belgilanmagan. Avval Sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov modelning bozorga chiqish muddatini 2026 yil noyabr–dekabri deb aytgandi, ayrim dilerlar esa uning dekabrdan oldin paydo boʻlishini kutmagandi.
Lada Azimutning seriyali ishlab chiqarilishi joriy yil 25 sentyabrda boshlandi. Model AvtoVAZning ilk krossoveri boʻldi. U ikki xil kuch qurilmasi bilan taklif etiladi: avtomat uzatmalar qutisiga ega, quvvati 132 ot kuchi boʻlgan 1,8 litrli dvigatel hamda mexanik uzatma bilan ishlaydigan 120 ot kuchiga ega 1,6 litrli motor.
Krossover jihozlariga marka boshqa modellarida ilgari boʻlmagan funksiyalar kiritilgan. Ular qatoridan yon oynalarni isitish, panoramali tom, ikki zonali iqlim nazorati, harakat rejimlarini tanlash shaybasi va oʻrindiqlarni elektr orqali sozlash joy olgan. Dizaynda Ladaʼning firma X-uslubining yangi talqini qoʻllangan.





