Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Yangi Toyota Hiace 2027-yilda kalta kapot va elektrlashtirish bilan taqdim etilishi mumkin

Toyota yangi avlod Hiaceʼni tayyorlamoqda: taqdimot 2027-yilda oʻtkazilishi mumkin. Model kalta kapot oladi, gibrid va elektr versiyalar kutilmoqda.

17-noyabr, 11:55По-русски

Read in English

daily-motor.ru

Toyota Yaponiya bozori uchun Hiaceʼning yangi versiyasini ishlab chiqmoqda. Asosiy oʻzgarish dvigatel ustidagi kabina joylashuvidan voz kechish boʻladi: kuch qurilmasi oldinga koʻchiriladi va uning oldida kalta kapot paydo boʻladi.

Bunday yechim toʻqnashuv paytida qoʻshimcha deformatsiya zonasini yaratib, haydovchi, yoʻlovchilar va piyodalarni yaxshiroq himoyalashi kerak. Bundan tashqari, yangi arxitektura dvigateldan salonga uzatiladigan shovqin va vibratsiyalarni kamaytirishi mumkin.

Yaponiyadagi versiya asosiga TNGA platformasi va xorijiy Hiace H300’ning ayrim komponentlarini qoʻyish rejalashtirilmoqda. Kuzovning yuqori qismi mahalliy sharoitlarga moslashtiriladi, tor koʻchalarda harakatlanishni qulaylashtirish uchun oldingi chiqinti qisqaroq qilinadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Dastlabki prognozlarga koʻra, gabaritlar hozirgi modelnikiga yaqin boʻlib qoladi. Yaponiyalik tijoriy mijozlar uchun uzunligi 4700 mm gacha, kengligi 1700 mm gacha va balandligi 2000 mm gacha boʻlgan format saqlanadi. Dvigatelning oldinga koʻchirilishi yuk boʻlimi uzunligini qisqartirishi mumkin, biroq pastroq pol va qayta ishlangan orqa qism yuk ortish, salonga chiqish va undan tushishni osonlashtirishi kerak.

Loyihaning aniq xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan. Yangi Hiace uchun benzin dvigatellaridan tashqari gibrid kuch qurilmasi va toʻliq elektr modifikatsiya ham kutilmoqda.