Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtosport

Gyunter Shtayner Cadillacʼning 3 mlrd dollarlik bahosiga shubha bildirdi

MotoGPʼdagi Tech 3 ijrochi direktori Gyunter Shtayner yangi Formula-1 jamoasi Cadillacʼning 3 mlrd dollarlik bahosini oshirilgan deb hisoblab, uni foydali Mercedes bilan taqqosladi.

16-noyabr, 18:52По-русски

Read in English

sports.ru

Shtayner bunday bahoni Cadillacʼning hozirgi holati bilan izohladi: uning fikricha, jamoa sust natija koʻrsatmoqda, shu bois unga homiylar jalb qilish va sovrin pullarini olish qiyin boʻladi. Shu bilan birga, jamoani saqlash yiliga taxminan $200 mln turadi. Mutaxassisning fikricha, bunday xarajatlarni yaqin 3–5 yil davomida koʻtarishga toʻgʻri keladi.

U qoʻshimcha xarajatlar qatorida jamoaning oʻz aerodinamik trubasi va toʻlaqonli ishlaydigan bazasi yoʻqligini ham aytdi. Shtaynerning fikricha, loyihaga jiddiy sarmoya kerak boʻladi, jamoani saqlash esa juda qimmatga tushadi.

Mutaxassis bunga qarshi misol sifatida Mercedesʼni keltirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Toto Vollf aksiyalarning bir qismini sotganida Mercedes $6 mlrdga baholangan. Shtayner Mercedes foyda keltirishini, Cadillacda esa, uning bahosicha, shunga teng moliyaviy asos yoʻqligini taʼkidladi.

Shuningdek, u bozorda bunday summani toʻlashga tayyor xaridorlar topilishi mumkinligini istisno etmadi. Shu bilan birga, eʼlon qilingan baholarda Cadillac qiymati $2,7 mlrd deb koʻrsatilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media