Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

2028-yilgi Honda CR-V: chiqish sanasi rasman tasdiqlandi

Honda yangi, yettinchi avlod CR-V kelasi yili chiqishini va u faqat gibrid kuch qurilmasi bilan taklif etilishini tasdiqladi. Kompaniya aniq sanani maʼlum qilmadi.

14-noyabr, 17:06По-русски

Read in English

carbuzz.com

Honda yangi platformalari va kuch qurilmalariga ega ilk seriyali model — CR-Vʼning yettinchi avlodini tez orada ishga tushirishini eʼlon qildi. Kompaniya SUV ishlab chiqarish Kanadadagi, Indianadagi va Ogayodagi uchta zavodda yoʻlga qoʻyilishini tasdiqladi. Ogayo shtatida gibrid kuch qurilmalari va dvigatellar ham ishlab chiqariladi, kelajakdagi yirikroq modellarni hisobga olgan holda ularning ishlab chiqarish quvvatini 250 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Yangi CR-V faqat gibrid avtomobil sifatida taklif etiladi: model qatorida ichki yonuv dvigateliga ega versiya boʻlmaydi. Honda bu qarorni talabning oshishi bilan izohlamoqda — gibridlar joriy yilda model savdosining yarmidan koʻprogʻini tashkil etmoqda, ularning savdo hajmi esa 2020-yildagi ilk savdo yilidagidan oʻn baravar yuqori boʻldi.

Kuch qurilmasi asosini yoqilgʻini toʻgʻridan-toʻgʻri purkash tizimiga ega, Atkinson siklida ishlaydigan atmosferali 2,0 litrli toʻrt silindrli dvigatel tashkil etadi. Yangi elektromotorlar tizim samaradorligi va uning quvvatini oshirishi kerak. Ishlash prinsipi boʻyicha u hozirgi CR-V gibrid tizimiga oʻxshash boʻlib qoladi.

Platforma yengillashtirilgan shassiga ega boʻladi: massa qariyb 91 kg ga kamayishi kutilmoqda. Honda osma va tormoz tizimlarini ham qayta ishlab chiqadi, shassining moslashuvchan elementlari esa haydash taassurotlarini yaxshilashi kerak. Modellar oʻrtasida detallarni birxillashtirish, kutilishicha, xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media