Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Premium

Porsche Mission S suratga olish paytida Nyurburgring trassasidan sekin oʻtdi

Boʻlajak flagman superkar Porsche Mission S Nyurburgringda koʻrindi: avtomobil fotosuratga olish jarayonida trassadan har ikki yoʻnalishda ham sekin oʻtdi.

18-noyabr, 12:18По-русски

Read in English

carbuzz.com

Porsche Mission S Nyurburgringda tezlik sinovlari uchun emas, suratga olish uchun paydo boʻldi. Eʼlon qilingan kadrlarda avtomobil trassa boʻylab ikki tomonga ham sekin harakatlanadi, uning ortidan esa Mercedes furgoni boradi. Furgon kapotiga kamera oʻrnatilgan, birinchi oʻtish vaqtida esa uning surilma eshigi ochiq boʻlgan. Videoning oxirida dvigatel ovozini eshitish mumkin.

Mission S 911 modelidan yuqoriroq pogʻonani egallashi va markaning flagman modeliga aylanishi kerak. Porsche uni 918 Spyderʼning gʻoyaviy davomchisi sifatida koʻrmoqda, biroq bu model xaridorlarning kengroq doirasi uchun ochiq boʻladi. Avtomobil dizaynida 550 Spyder, 928 va 917 modellariga ishoralar koʻzga tashlanadi, interyer esa analog elementlarga urgʻu berilgan holda ishlangan.

Rasmiy texnik xususiyatlar hozircha oshkor etilmagan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, superkar sakkiz silindrli bokser dvigatel va haqiqiy yoki taqlid qilingan mexanik uzatmalar qutisini olishi mumkin. Aylanishlar cheklagichi 8 000 ayl/min koʻrsatkichida ishga tushishi kutilmoqda. Porsche Mission S narxini va uni ishlab chiqarishga yoʻlga qoʻyish muddatlarini ham hozircha eʼlon qilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media