Racing Bulls rahbari Liam Lawson va Arvid Lindbladni eng yaxshi juftlik deb atadi
Racing Bulls rahbari Alan Permain Liam Lawson va Arvid Lindblad bilan 2027 yilda ham ishlashini tasdiqladi. U duetni tajriba va ambitsiyalar uygʻunligi deb atadi.
13-noyabr, 10:10По-русски

sports.ru
Permain jamoa poygachilar bilan tuzilgan yangi kelishuvlardan mamnun ekanini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Lawson va Lindblad mavsum davomida — har biri alohida hamda bir-biri bilan hamkorlikda — oʻsishga erishdi.
Racing Bulls rahbari bu duetni jamoaning keyingi taraqqiyoti va 2027 yilda oʻz maqsadlariga erishishi uchun asos deb hisoblaydi.





