Guanchjoudagi avtosalon: Xitoy brendlarining asosiy premyeralari va yangi modellari
Ekspert Denis Bobylev Guanchjoudagi avtosalonning beshta asosiy premyerasini sanab oʻtdi. Ekspozitsiyaning asosiy qismini gibrid avtomobillar tashkil etadi. Koʻrgazma 27 noyabr kuni ochildi.

U kutilayotgan yangi modellar qatorida Haval Raptor Hi4, Lynk & Co 900L, yangilangan Zeekr 7X, uchinchi avlod BYD Han hamda BYD kompaniyasining YangWang Altior lyuks sedanini qayd etdi. Ekspertning baholashicha, soʻnggi model Rolls-Royce bilan raqobatlashishga daʼvogarlik qiladi.
Xitoyda yangi avtomobillar savdosi kamayib, benzinli modellarga qiziqish pasayayotgani fonida koʻrgazmada benzin va dizel dvigatelli avtomobillar kam namoyish etiladi. Bobylev bunday kuch qurilmasiga ega mutlaqo yangi yagona model sifatida BAW kompaniyasining uch eshikli, rama konstruksiyali 212 T01 yoʻltanlamasini tilga oldi. Haval anʼanaviy gibridlarning keng qatorini namoyish etadi, ekspozitsiyaning asosiy qismini esa tashqi quvvat manbaidan zaryadlanadigan va ketma-ket gibridlar tashkil etadi.
Avtosalonda jami 1 106 ta avtomobil, jumladan, 115 ta yangi model namoyish etiladi.
Yana oʻqing

Nissan NX7 Xitoyda 1666 km yurish zaxirasi va past narx bilan taqdim etildi
Yangiliklar13:24
Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06


