Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

UAZ yangilangan Patriot X yoʻltanlamaslarini ishlab chiqarishni boshladi

UAZ yangilangan Patriot X, Pickup X va Profi X modellarini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Benzin yoki dizel dvigatelli avtomobillar savdosini 2027 yilda boshlash rejalashtirilgan.

25-noyabr, 11:14По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Ulyanovsk avtomobil zavodi yangilangan modellar qatorini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Unga Patriot X yoʻltanlamasi, Pickup X pikapi va tijoriy Profi X modeli kirdi. Savdolar boshlanguniga qadar avtomobillar benzinli yoki dizel dvigatellar bilan taklif etiladi.

Benzinli ZMZ Pro dvigateli 149,6 ot kuchi va 235 Nm moment ishlab chiqaradi. Zavod uchun yangi boʻlgan Sollers 550010 dizeli esa 136 ot kuchi va 320 Nm moment beradi. Har ikkala agregat tros orqali boshqariladigan mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Toʻliq yuritmali versiyalar markaziy tunneldagi burama selektorli elektromexanik taqsimlash qutisi bilan jihozlangan.

Salon ichida rul, old konsol, tirsakqoʻygich va iqlim nazorati bloki oʻzgartirildi. Jihozlar qatoriga yangilangan multimedia tizimi, old va orqa oʻrindiqlar, old oyna hamda rulni isitish funksiyalari, shuningdek, USB Type A va USB Type C ulagichlari kirdi.

TCS NAMI faol xavfsizlik tizimi endi blokirovkaga qarshi tizimga qoʻshimcha ravishda tepaga chiqishda harakatni boshlashga yordam berish, gʻildiraklarning sirpanishiga qarshi funksiya va differensialni elektron bloklash imkoniyatlarini ham oʻz ichiga oladi. Avtomobillarning tashqi koʻrinishi LED optikasi, yangi dizayndagi gʻildirak disklari va boshqa oʻzgarishlar hisobiga yangilandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media