Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Genesis kelajakdagi Magma sport modellari uchun gibrid kuch qurilmalarini koʻrib chiqmoqda

Genesis dinamikaga urgʻu berilgan gibridlarni istiqbolli yoʻnalish deb atadi va ularni kelajakdagi Magma modellari, jumladan, G70 segmenti bilan bogʻlash mumkinligini bildirdi.

20-noyabr, 10:21По-русски

Read in English

motor1.com

Genesis mahsulotlarini rejalashtirish direktori Esh Korson kuchli ichki yonuv dvigateliga ega gibridlar brendning sport modellari uchun asos boʻlishi mumkinligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday format avtomobil ishqibozlari uchun muhim boʻlgan kuch qurilmasining ovozi va undan olinadigan hissiyotlarni saqlab qoladi.

Korson yoʻl avtomobillarining rivojlanishini Genesisʼning poyga dasturi bilan ham bogʻladi. WEC chempionatida brend 3,2 litrli V8 dvigatel va standart gibrid tizimga ega GMR-001 giperkari bilan qatnashadi. Kompaniya avtosport bilan aloqa sport modellarining oʻziga xosligini saqlashga yordam beradi, deb hisoblaydi.

Magma qatorining kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan, Korson gibrid kuch qurilmasiga ega sport krossoveri bu yoʻnalishga juda mos kelishini taʼkidladi. Hozirda qatorning yagona modeli — toʻliq elektr dvigatelli GV60 Magma — AQShning atigi 14 shtatida mavjud.

G70 sedani haqida gapirar ekan, direktor bu segment Genesis uchun muhimligini aytdi: u yoshroq, turli xil va dinamikaga qiziqadigan xaridorlarni jalb qiladi. Uning baholashicha, bu segment Magma brendi bilan yaxshi uygʻunlashadi. Qatordagi keyingi model aynan qaysi biri boʻlishi hozircha eʼlon qilinmagan, biroq Korsonning soʻzlariga qaraganda, kompaniya uni chiqarishni rejalashtirmoqda va, ehtimol, gibrid kuch qurilmasini tanlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media