Nissan GT-R dumaloq faralarga qaytishi mumkin
Nissan bosh dizayneri Metyu Uiver kelajakdagi GT-R R36 dumaloq faralarga ega boʻlishi mumkinligiga ishora qildi. Modelning qachon chiqarilishi boʻyicha aniq muddatlar yoʻq.

Uiver yangi GT-R R36’da dumaloq faralar paydo boʻlishi mumkinligini aytdi, biroq boshqa tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortdi. «Agar biz R36’ni ishlab chiqqanimizda, unda dumaloq faralar boʻlardi. Hozircha ayta oladiganim shu», — dedi u.
Bunday yechim modelni ilk Skyline GT-R avtomobillarining dizayniga qaytargan boʻlardi. 1969-yilgi Skyline GT-R C10 va 1972-yilgi Kenmeri GT-R modellarining har birida toʻrttadan dumaloq fara boʻlgan. R32, R33 va R34 avlodlarida faralar dizayni burchakliroq koʻrinishga ega boʻldi, R35’da esa vertikal shaklga oʻtdi. 2023-yilda taqdim etilgan Hyper Force konsepti kuzovga ichkarilatilgan, deyarli kvadrat shakldagi faralarga ega boʻldi.
Dumaloq shakl retro uslubga toʻliq oʻtishni anglatmasligi mumkin: undan zamonaviy talqinda foydalanishlari mumkin. Nissan hozircha R36 paydo boʻlish muddatlarini maʼlum qilmagan, shu sababli modelning bu oʻn yillikda chiqishini kutish, katta ehtimol bilan, kerak emas.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Yangiliklar10:20


