Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Premium

Mate Rimac ehtimol Bugattiʼni Chironning vorisi boʻlgan elektr SUVdan qutqarib qoldi

Mate Rimacning soʻzlariga koʻra, Volkswagen Chironning vorisi boʻladigan modelni elektr SUVga aylantirishi mumkin edi, biroq Rimacning oʻzi gibrid kuch qurilmasi tarafdori boʻldi. Natijada Tourbillon paydo boʻldi.

26-noyabr, 17:32По-русски

Read in English

thedrive.com

Uning aytishicha, Volkswagen Chironʼdan keyingi Bugatti modeli uchun elektr yoʻltanlamas avtomobil yaratish variantini koʻrib chiqqan. Bu reja davom ettirilmadi, shundan soʻng avtokonsern elektr giperkar yaratishni talab qildi.

Rimac toʻliq elektr kuch qurilmasi oʻrniga gibrid kuch qurilmasini tanlashga qatʼiy turib oldi. Xarajatlarni kamaytirish uchun Volkswagen Chiron platformasidan qayta foydalanmoqchi ham boʻlgan. Yakunda Bugatti Cosworth V16 dvigateli bilan jihozlangan Tourbillon modelini taqdim etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media