Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Oʻzbekistonda avtomobil savdosi — statistika

2026 yilning dastlabki oʻn oyida Oʻzbekistonda 318,9 mingta yangi avtomobil sotildi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga kam. Avtomobil biznesi assotsiatsiyasida (AVA) pasayishni talab tarkibining oʻzgarishi bilan izohlashmoqda.

24-noyabr, 13:32По-русски

Read in English

Xaridorlar sedanlar oʻrniga krossoverlarni koʻproq tanlay boshladi: B-segment sedanlari savdosi 124,5 ming donadan 113 ming donagacha kamaygan, krossoverlar savdosi esa 87,5 ming donadan 98,8 ming donagacha oshgan. Assotsiatsiyada bozorda xarid qobiliyatining pasayishi qayd etilmayotgani aytildi; biznes uchun moʻljallangan yengil avtomobillar savdosi esa alohida kamaygan.

Shu fonda Xitoy avtomobillariga, jumladan, krossoverlar, gibridlar va elektromobillarga talab ortmoqda. Kompakt SUV-B krossoverlarining ulushi 21,3 foizgacha, oʻrta oʻlchamli SUV-C avtomobillarining ulushi esa 7,7 foizgacha oshdi. AVAda bunday modellarga qiziqishni benzin narxlarining koʻtarilishi va sovuq mavsumda metan zapravkalari ishida yuzaga kelgan uzilishlar bilan bogʻlashmoqda.

BYD avtomobillarni Oʻzbekistondagi oʻz zavodida ishlab chiqaradi, Chery, Haval va Changan esa ADM Jizzakh korxonasida avtomobillar ishlab chiqaradi. Mahalliy yigʻuv yetkazib berish muddatlarini qisqartiradi va texnik xizmat koʻrsatishni osonlashtiradi, dilerlik tarmoqlarining kengayishi, kafolat va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati esa talabni qoʻllab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, xaridorlarning brendlar oʻrtasida qayta taqsimlanishi asosan budjet segmentida Chevrolet ulushining qisqarishi hisobiga yuz bermoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media