Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

1776 Off-Road — Hennessey maxsus pikaplar dunyosida vazminlikni qanday tushunadi

Hennessey pikaplarni takomillashtirish uchun 1776 Off-Road brendini ishga tushirdi: dastlabki modellar Ram 1500 va Ram 2500 boʻlib, ularga lift toʻplamlari va yoʻldan tashqarida yurish uchun aksessuarlar oʻrnatildi, biroq dvigatellar quvvati oshirilmadi.

20-noyabr, 10:14По-русски

Read in English

carscoops.com

Yangi brend quvvatni oshirishga emas, tashqi koʻrinish, osma va salonni takomillashtirishga eʼtibor qaratdi. Ram 1500 modeliga 6 dyuymli osma lifti, diametri 22 dyuym boʻlgan gʻildiraklar va 35 dyuymli barcha yoʻllarga mos shinalar oʻrnatildi.

Pikap, shuningdek, kuchaytirilgan yon pogʻonalar, gʻildirak arkalarining kengaytmalari, radiator panjarasiga oʻrnatilgan LED chiroqlar paneli va qora nasadkali zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan maxsus chiqarish tizimiga ega boʻldi. Salonda qavilgan charm va alkantara, markaziy konsoldagi maxsus lavha hamda WeatherTech rezina gilamchalari toʻplami paydo boʻldi.

Ram 2500 uchun 4 dyuymga koʻtarilgan old osma, BDS orqa prujinalari, quvursimon boʻylama richaglar, kuchaytirilgan amortizatorlar va ikkita rul stabilizatori tayyorlandi. Modelga 22 dyuymli gʻildiraklar, barcha yoʻllarga mos shinalar, oldingi ustunlardagi LED chiroqlar va Stars & Stripes vinil qoplamasi oʻrnatildi. Uning saloni Ram 1500 salonidagidek bezatilgan.

Toʻplamlar alohida Ram dilerlik markazlari orqali sotiladi va «bamperdan bampergacha» tamoyili asosida 3 yil yoki 58 000 km kafolat bilan qoplanadi. Kelgusida 1776 Off-Road Ford, GM va Stellantis pikaplari hamda SUV modellari uchun takomillashtirish toʻplamlarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Brend saytida F-250 Super Duty, Expedition, F-150 Raptor va Bronco Raptor modellari allaqachon taqdim etilgan; F-250 uchun Fox 2.0 amortizatorlari, Pro-Ride prujinalari, 37 dyuymli yoʻldan tashqarida yurish shinalari va kuzovning bronza rangli elementlari koʻrsatilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media