Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

2007-yilgi Jaguar XK auksionda 20 700 dollarga sotildi

2007-yilgi Jaguar XK kabrioleti Bring a Trailerʼda 20 700 dollarga sotildi. Bu narx yangi Toyota Corolla qiymatidan sezilarli darajada past boʻldi.

26-noyabr, 12:38По-русски

Read in English

carbuzz.com

Bring a Trailer auksionida 28 520 km yurgan Jaguar XK kabrioleti sotildi. Avtomobil alyuminiy kuzov, charm salon, yigʻiladigan matoli tom va 4,2 litr hajmli, 300 ot kuchiga ega atmosferali V8 dvigatel bilan jihozlangan. Yetakchi gʻildiraklar — orqa gʻildiraklar.

Bu Jaguar Ford koʻmagida alohida alyuminiy platformada yaratgan XKʼning ikkinchi avlodidagi bazaviy versiya edi. Avtomobilning vazni kamroq boʻlgani sababli u chaqqonroq boshqaruvga ega boʻldi, muhandislar esa gran-turerdan kutiladigan qulaylikni saqlab qolishdi. Ushbu avtomobil jihozlari qatoriga ikki zonali iqlim nazorati, old oʻrindiqlar va rul chambaragini isitish, tugma orqali ishga tushirish hamda Alpine audiotizimi kirgan.

Sotilgan avtomobil Zircon rangiga boʻyalgan, saloni esa Ivory va Slate ranglari uygʻunligida ishlangan. Ushbu seriyaning dastlabki avtomobillariga xos detallardan biri — J harfi shaklidagi avtomatik uzatmalar qutisi selektori. Eʼlon maʼlumotlariga koʻra, avtomobilning mulk huquqi tarixi toza boʻlgan, avariya izlari esa aniqlanmagan.

Model kuchliroq XKR va XKR-S versiyalari bilan yonma-yon ishlab chiqarilgan, biroq standart XK uzoq masofalarga safarlar uchun eng muvozanatli variant hisoblangan. F-Type paydo boʻlganidan keyin modellar turli oʻrinlarni egalladi: XK qulay gran-turer boʻlib qoldi, F-Type esa sportga xos hissiyotlarga urgʻu berdi. Hozirda ikkinchi avlod qoʻllangan XKʼning oʻrtacha narxi F-Typeʼnikidan biroz past, XKR esa F-Type Rʼdan sal qimmatroq.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media