Mayk Taysonning Lamborghini avtomobili auksionga qoʻyildi
Avval Mayk Taysonga tegishli boʻlgan 1996-yilgi Lamborghini Diablo VT Roadster auksionga qoʻyildi. Superkar uchun 650–850 ming dollar olish kutilmoqda.
25-noyabr, 11:18По-русски

auto.mail.ru
Lamborghini Diablo VT Roadster ICONS: Rare and Extraordinary Automobiles auksionining asosiy lotlaridan biriga aylandi. Savdoni Farrel Uilyams asos solgan JOOPITER platformasi va avtomobil dileri CURATED oʻtkazmoqda.
Tayson superkarni 1996-yilda professional boksdagi choʻqqiga qaytayotgan paytida sotib olgan. Avtomobil yorqin sariq rangdagi Giallo Fly boʻyoqlariga ega, uglerod tolasidan tayyorlangan olinadigan tom va toʻliq yuritma tizimi bilan jihozlangan. Avtomobil yigirma yildan ortiq vaqt davomida deyarli omma oldida koʻrinmadi.





