Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Fargʻonada elektromobillar uchun noqonuniy quvvatlash stansiyasi aniqlandi

Uchkoʻprik tumanida «V. T. N.» MChJga tegishli, elektr hisoblagichni chetlab oʻtib ulangan quvvatlash stansiyasi aniqlandi. Dastlabki zarar 1 milliard 197 million soʻmga baholandi.

26-noyabr, 11:54По-русски

Read in English

Oʻzenergoinspeksiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida nazorat tadbirlarini oʻtkazdi. Uchkoʻprik tumani hududida mutaxassislar elektr energiyasini hisobga olish qurilmasini chetlab oʻtib ulangan elektromobillar uchun quvvatlash stansiyasini aniqladi.

Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, materiallar tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media