Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

BYD Yangwang Altiorʼni 312 000 dollarga 27 noyabr kuni taqdim etadi

BYDʼning Yangwang Altior sedani 27 noyabr kuni Guanchjou avtosalonida taqdim etiladi. Xitoyda uning cheklangan versiyasi uchun 312 000 dollarlik narxda oldindan buyurtma qabul qilish allaqachon boshlangan.

18-noyabr, 15:57По-русски

Read in English

carnewschina.com

Yangwang Altiorʼning cheklangan versiyasi 312 000 dollar deb baholandi. Xitoyda model 27 noyabrdan 6 dekabrgacha boʻlib oʻtadigan Guanchjou avtosalonida namoyish etiladi. Bungacha sedan jahon premyerasida BAAda taqdim etilgan, shu bois uning Xitoydagi namoyishi ommaga ilk taqdimot boʻlmaydi.

Ichki bozorda avtomobil Dingyao nomi bilan tanilgan. Model Mercedes-Benz Maybach S-Class va Rolls-Royce Ghostʼga raqib sifatida taqdim etilmoqda. Uning oʻlchamlari 5600/2030/1590 mm, gʻildirak bazasi esa 3 500 mmni tashkil etadi. Sedan toʻrtta elektromotor va tomga oʻrnatilgan lidar bilan jihozlangan Godʼs Eye haydovchiga yordam tizimiga ega. BYDʼning uchta chipi 2 100 TOPS darajasidagi unumdorlikni taʼminlaydi.

Daʼvo qilinayotgan yurish masofasi CLTC sikli boʻyicha 1 000 kmgacha yetadi. Quvvatlash darajasini 10 foizdan 70 foizgacha oshirish uchun besh daqiqa kerak boʻladi. Model uchun, shuningdek, joyida burilish va yonlama harakatlanish imkoniyati ham vaʼda qilingan; taʼkidlanishicha, favqulodda vaziyatda avtomobil yuqori tezlikda shina yorilganidan keyin ham barqarorlikni saqlashi va suv yuzida qolishi mumkin.

Salon 39 ta Dynaudio dinamikasi, vaznsizlik rejimiga ega oʻrindiqlar, muzlatkichlar, shift ekrani va yana uchta displey bilan jihozlangan. Cheklangan versiyaga buyurtma berish uchun 45 000 dollar miqdorida depozit talab etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media