Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Bentleyning ilk elektromobili 2027-yil oxirigacha sotib boʻlindi

Yangi elektr krossover Torcal xaridorlarda katta qiziqish uygʻotdi: kompaniya 2028-yilda yetkazib berish uchun buyurtmalarni qabul qilmoqda.

18-noyabr, 13:50По-русски

Read in English

jalopnik.com

Bentleyning toʻliq elektrda harakatlanuvchi ilk avtomobili 2027-yilning butun davri uchun sotib boʻlindi. Torcal modeli sentyabr oyida taqdim etilgan edi. Kompaniya rahbari Frank-Shteffen Vallizerning aytishicha, eng koʻp talab sport modifikatsiyasi — S versiyasiga tushgan. Yangi model bundan avval Britaniya markasi avtomobillarini koʻrib chiqmagan yoshroq xaridorlarni ham jalb qilmoqda. Shu bilan birga, Bentley 2027-yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan avtomobillar sonini oshkor qilmayapti.

Krossover Volkswagen Group konsernining Premium Platform Electric platformasi asosida yaratilgan. Bazaviy versiya 810 ot kuchiga, Torcal S esa 876 ot kuchiga ega boʻlib, bu uni markaning eng kuchli avtomobiliga aylantiradi. Yurish zaxirasi 375 milga (taxminan 603 km) yetadi, sigʻimi 113 kVt·soat boʻlgan akkumulyator esa 400 kVtgacha quvvatda zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Modelning AQShdagi narxi $222 495 dan, S versiyasining narxi $262 695 dan, First Edition versiyasining narxi esa $300 995 dan boshlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media