Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

2027-yilgi Nissan Patrol: narxlar va texnik xususiyatlar

Avstraliyada yangi Nissan Patrol Y63 narxlari eʼlon qilindi: olti versiya narxi $98 990 dan boshlanadi. Yapon avtomobillari 2026-yil dekabrida yetkazilishi kutilmoqda.

19-noyabr, 10:19По-русски

Read in English

carexpert.com.au

Nissan Avstraliya bozori uchun yangi Patrol Y63 modelining texnik xususiyatlari va narxini eʼlon qildi. SUV ikki turbinali 3,5 litrli V6 benzin dvigateli, toʻqqiz pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va toʻliq yuritmaga ega.

Dvigatel 317 kVt quvvat va 700 Nm aylantiruvchi moment ishlab chiqaradi. Barcha versiyalar massasi 3 700 kg boʻlgan tormozli tirkamani tortishga moʻljallangan, yoqilgʻi sarfi esa 100 km ga 12,0–12,2 litr etib koʻrsatilgan. Salonda sakkiz yoʻlovchiga moʻljallangan uch qator oʻrindiq bor. Bagajxona hajmi oʻrindiqlar qatorlari tik holatda 577 litrni, ikkinchi va uchinchi qatorlar suyanchiqlari buklanganda esa 2 749 litrni tashkil etadi.

Avstraliyada Nissan Patrol Ti narxi yoʻl yigʻimlarisiz $98 990, Ti+ — $109 480, Ti-L — $122 690, Ti-L+ — $134 690, Pro-4X — $137 590, Ti-L Reserve esa $145 990 etib belgilangan. Buyurtmalar allaqachon qabul qilinmoqda, Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarning dastlabki yetkazib berishlari 2026-yil dekabrida kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yangi Patrol oldingi modelidan uzunroq va kengroq boʻldi, biroq gʻildirak bazasi saqlanib qoldi. Bazaviy versiyaning yoʻl tirqishi 226 mm. Pro-4X va Ti-L Reserve modellarida yoʻltanlamas rejimida bu koʻrsatkich tegishlicha 271 va 272 mm gacha oshadi. Ti-L va Ti-L+ uchun elektron boshqariladigan moslanuvchan osma, Pro-4X va Ti-L Reserve uchun esa pnevmatik osma koʻzda tutilgan.

Kafolat probeg cheklovisiz besh yilni tashkil etadi, belgilangan narxdagi texnik xizmat esa besh yil davomida mavjud boʻlib, har bir rejali tashrif $499 turadi. Texnik xizmat koʻrsatish oraligʻi 12 oy yoki 15 000 km. Yangi Patrol hozircha ANCAP va Euro NCAP reytinglariga ega emas. Model qatorida mahalliy bozor uchun ishlab chiqilgan Warrior versiyasi hamda xorijiy NISMO modifikatsiyasi ham boʻlmaydi.