Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Sunʼiy intellekt mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidalari bandini oʻylab topishi mumkin: neyrotarmoq yordamida imtihonga qanday tayyorlanish kerak

Runet tahliliy nashrining bosh muharriri Vladimir Zykov sunʼiy intellekt xato qilishi, turli mamlakatlar qoidalarini aralashtirib yuborishi va mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidalari bandiga havola berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

24-noyabr, 13:02По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Zykov yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonga tayyorlanishda neyrotarmoqqa toʻliq tayanmaslik kerak, deb hisoblaydi. Sunʼiy intellekt notoʻgʻri javobni ishonarli tarzda tushuntirib berishi mumkin. Natijada oʻquvchi xatoni yodlab olib, uni amaldagi qoida deb qabul qiladi.

Buning sabablaridan biri — turli mamlakatlardagi yoʻl harakati qoidalarining oʻxshashligi, shu bilan birga muhim farqlarning mavjudligidir. AQShning ayrim shtatlarida toʻliq toʻxtagandan keyin, agar bunday manyovr alohida taqiqlanmagan boʻlsa, qizil chiroqda oʻngga burilishga ruxsat beriladi. Oʻzbekistonda esa ruxsat beruvchi signal boʻlmasa, bunday burilish taqiqlangan. Xorijiy materiallar asosida oʻqitilgan neyrotarmoqdan faqat Rossiyaning yoʻl harakati qoidalaridan foydalanish soʻralganidan keyin ham turli davlatlar meʼyorlarini adashtirib yuborishi mumkin.

Bundan tashqari, qoidalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi, sunʼiy intellekt esa eskirgan maʼlumotlarga tayanishi mumkin. Neyrotarmoq qoidalarda mavjud boʻlmagan bandni ham oʻylab topishi, amaldagi meʼyorni xato bayon qilishi yoki mavjud boʻlmagan bandning aniq raqamini aytishi mumkin. Bu javob goʻyo rasmiy hujjat bilan tasdiqlangandek taassurot uygʻotadi.

Mutaxassis tayyorgarlik uchun amaldagi imtihon biletlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, neyrotarmoq qoʻshimcha vosita boʻlishi mumkin: undan murakkab savolni sodda soʻzlar bilan tushuntirishni, vaziyatni tahlil qilishni yoki misollar keltirishni soʻrash mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media