Genesis oʻzining eng ekstremal yoʻltanlamas konseptini seriyali avtomobilga aylantirmoqchi
Genesis X Skorpioʻni ishlab chiqarishga yoʻlga qoʻyishga urinmoqda; Hyundai rahbari Xose Munyosning fikricha, bu oʻn yillik oxirigacha amalga oshishi mumkin.

Genesis kompaniyasida sport kupesi va rallli-reyd avtomobili xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan ikki eshikli yoʻltanlamas — X Skorpioʻning ehtimoliy seriyali versiyasi ustida allaqachon ish olib borilmoqda. Aniq muddatlar, ishlab chiqarish hajmi va sotuv bozorlari hozircha belgilanmagan.
Toʻliq ishlaydigan prototip V8 dvigateli bilan jihozlangan. Agar eʼlon qilingan koʻrsatkichlar saqlanib qolsa, dvigatel 1 100 ot kuchi va 1152,45 N·m burovchi moment ishlab chiqaradi. Avtomobilda, shuningdek, yaxlit orqa koʻprik va mustaqil old osma borligi koʻrildi.
Avvalroq Genesis mijozlar uchun bir nechta nusxa chiqarish ehtimolini ham bildirgan edi. Shu bilan birga, X Skorpio umumiy foydalanishdagi yoʻllarda harakatlanish uchun ruxsat olmasligi va AQSh bozoriga chiqmasligi mumkin.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Yangiliklar10:20


