Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

BYD Fang Cheng Bao Shark pikapi 2-dekabr kuni Xitoy bozoriga chiqadi

Fang Cheng Bao Shark pikapi 2-dekabr kuni Xitoy bozoriga chiqishini maʼlum qildi. Model DMO gibrid platformasi asosida yaratilgan va BYD Shark 6 avtomobilining Xitoydagi versiyasi hisoblanadi.

26-noyabr, 17:43По-русски

Read in English

carnewschina.com

Xitoyda model ikki kabinali, besh oʻrinli pikap sifatida taklif etiladi. Shark yoʻltanlamas dizayn, tashqi elektr rozetkasi, tirkama ilgagi hamda yuk platformasiga kemping modullarini oʻrnatish imkoniyatiga ega.

Pikap 1.5T belgili, tarmoqqa ulanadigan gibrid tizim bilan jihozlangan. Ikki elektr dvigateli va dvigatelining umumiy quvvati 320 kVtni, maksimal tezligi esa 180 km/soatni tashkil etadi.

Salonda diagonali 15,6 dyuym boʻlgan markaziy ekran, raqamli asboblar paneli va proyeksion displey oʻrnatilgan. Konstruktsiyada yuk koʻtaruvchi boʻlmagan turdagi kuzovdan foydalanilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media