Mercedes Las-Vegas Gran-prisiga Antonelli bolidi uchun yangi turbina olib keladi
Mercedes ijrochi direktori Toto Volf Las-Vegas Gran-prisida takomillashtirilgan turbina faqat Kimi Antonelli bolidiga oʻrnatilishini tasdiqladi. U kuch qurilmasi detallari limitidan oshgani uchun jarima oladi.
19-noyabr, 18:13По-русски

sports.ru
Jamoa ADUO dasturi boʻyicha takomillashtirilgan turbinani poyga dam olish kunlari doirasida sinab koʻradi. Volfning baholashicha, kutilayotgan unumdorlik oʻsishi kichik boʻladi.
Mercedes Jorj Rassell uchun avvalgi ustuvor vazifani saqlab qoladi — start panjarasida imkon qadar yuqori oʻrinni egallash. Yangi detalni oʻrnatish kuch qurilmasi komponentlarining mavsumiy limitidan oshib ketilgani uchun jarimaga olib kelardi, jamoa esa uning ehtimoliy yutugʻini bunday almashtirish uchun yetarli emas deb hisoblaydi.





