Ionna AQShda 500 kVtli zaryadlash stansiyalarini tayyorlamoqda
Ionna Kaliforniyada 22 oʻrinli eng katta stansiyasini ochdi va AQShda 500 kVtli zaryadlash qurilmalarini tayyorlamoqda. Birinchilari 2028 yilda paydo boʻlishi mumkin.

Westminsterdagi yangi Rechargery stansiyasi Ionnaʼning AQShdagi eng yirik obyektiga aylandi. Maydonda zaryadlash joylari ustiga soyabonlar oʻrnatilgan, haydovchilar uchun dam olish hududi, Wi-Fi, qahva, hojatxonalar va arkada avtomati bor.
Kompaniya Amazon bilan birga bu yerda maydoni 900 kvadrat fut boʻlgan, Just Walk Out texnologiyasiga ega doʻkonni jihozladi: xaridor kirishda kartasini tekkizadi va navbatsiz hamda kassada alohida toʻlov qilmasdan mahsulotlar bilan chiqib ketishi mumkin. Ionna bosh direktori Set Katlerning aytishicha, obyektga 4 MVt quvvatli elektr tarmogʻi ulanishi taʼminlangan. Shu sababli bir nechta avtomobil bir vaqtning oʻzida oʻzi uchun mumkin boʻlgan maksimal tezlikda zaryadlanishi mumkin.
Ionnaʼning hozirgi zaryadlash qurilmalari 400 kVtgacha quvvatga moʻljallangan. Bitta qurilma ikkita joyga xizmat koʻrsatadi: agar unga bitta avtomobil ulangan boʻlsa, u toʻliq 400 kVt olishi mumkin, ikkita avtomobil ulanganda esa quvvat ular oʻrtasida taqsimlanadi. Qoʻshni qurilmalar yuklamani oʻzaro boʻlishmaydi.
Ionna allaqachon 500 kVtli stansiyalar qurilishiga tayyorgarlikni boshlagan, biroq ularning aniq joylari va ishga tushirish sanalarini hozircha maʼlum qilmagan. Kompaniya bunday quvvatga talab taxminan 2028 yilga borib, undan foydalana oladigan elektromobillar soni koʻpaygach shakllanadi, deb hisoblaydi. Hozir AQShda 400 kVtgacha quvvat qabul qiladigan modellar, jumladan Lucid Gravity, Porsche Cayenne Electric va BMW iX3, atigi bir nechtadir.
Tesla egalari endi Presto ilovasi orqali Ionna stansiyalarida avtomatik zaryadlashni yoqishlari mumkin. BMW, General Motors, Toyota, Volvo, Rivian, Ford, Hyundai, Kia, Mercedes-Benz va Porsche kabi bir qator markalar uchun tarmoqda Plug & Charge funksiyasi allaqachon ishlamoqda.
Yana oʻqing

Mercedes ochiq komponovkali noodatiy elektr shassisini sinovdan oʻtkazmoqda
Texnologiyalar26-noyabr, 17:54
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03


