Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

MG eng ommabop Renault modeliga arzon raqibni taqdim etdi

MG GO! konseptini namoyish etdi, uning seriyali versiyasi 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida debyut qiladi. Elektromobil Renault 5 bilan raqobatlashadi va uning narxi 20 000 yevrodan kam boʻladi.

19-noyabr, 12:55По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Kompaniya GO! konseptining bir qator fotosuratlarini taqdim etdi. Elektromobilning seriyali versiyasi Renault 5 bilan bir segmentda paydo boʻladi — bu fransuz brendining eng ommabop elektromobili hisoblanadi. Debyut 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshiga rejalashtirilgan.

Dizaynni ishlab chiqishda MG oʻtgan asr sportkarlaridan ilhomlandi, biroq retro uslubdan foydalanmaslikka qaror qildi. Konsept katta oldingi splitter, orqa diffuzor va antikrylo bilan jihozlangan, gʻildiraklarida esa poyga avtomobillaridagidek markaziy gayka qoʻllangan.

Bu elementlar GO!ning kelajakdagi sport versiyasiga ishora qilishi mumkin. Kutilishicha, bazaviy variant kamroq agressiv aerodinamikaga ega boʻladi. Yangi modelning narxi davlat subsidiyalari va chegirmalar hisobga olinmagan holda 20 000 yevrodan kam boʻladi. Bu uni Yevropa elektromobil bozoridagi eng hamyonbop modellardan biriga aylantiradi. MG seriyali versiyaning texnik xususiyatlari va nomini hozircha oshkor qilmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media