Mercedes ochiq komponovkali noodatiy elektr shassisini sinovdan oʻtkazmoqda
Mercedesʼning ochiq elektr shassisi sportkarning dastlabki prototipi boʻlishi mumkin, biroq uning aniq vazifasi nomaʼlum; komponovka ikki yoʻlovchiga moʻljallangan.

Josuslik suratlarida elektr motorlariga ega noodatiy ochiq Mercedes shassisi aks etgan. Uzun va past komponovkasiga qaraganda, u sportkar uchun asos boʻlishi mumkin, biroq muhandislar uni boshqa model uchun sinovdan oʻtkazayotgan boʻlishi ehtimol.
Prototipda pnevmatik osma qismlari, old osmaning alyuminiydan yasalgan yuqori va pastki richaglari, shuningdek, odatiy koʻndalang barqarorlik stabilizatori koʻrinadi. Shu bilan birga, baland va tor gʻildiraklar hamda shinalar yuqori dinamik koʻrsatkichlarga moʻljallangan avtomobil jihozlariga unchalik oʻxshamaydi. Orqa Continental shinalaridagi markirovka sezilarli darajada oʻchib ketgan.
Salon ichiga toʻlaqonli rul va sport oʻrindiqlari oʻrnatilgan. Ular yogʻoch pol hamda markaziy tunnel maketiga mahkamlangan. Oʻrindiqlar ortida deyarli hech qanday qoʻshimcha uskuna yoʻq, haydovchi roʻparasida esa rama boʻrtmalari koʻrinadi. Manbaga koʻra, prototipda Mercedes va AMG flagman elektromobillarini jihozlaydigan murakkab qurilmalar mavjud emas. Aynan shu jihat uning jozibasining bir qismi boʻlishi mumkin.
Yana oʻqing

Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
Porsche sport rejimida yoʻgʻonlashadigan rulni patentladi
Texnologiyalar26-noyabr, 16:37


