Nissan NX7 Xitoyda 1666 km yurish zaxirasi va past narx bilan taqdim etildi
Dongfeng Nissan NX7 plagin-gibrid krossoverini Xitoy bozoriga 19 500 dollardan boshlanadigan narxda olib chiqdi. Sotuvlar boshlanishida uning narxi vaqtincha 18 000 dollargacha pasaytirildi.

NX7’ning Xitoydagi savdolari dastlabki buyurtmalar qabul qilingan davrdan soʻng, 27 noyabrda boshlandi. Model uchta komplektatsiyada taqdim etiladi: 19 500 dollarlik 320 Pro, 21 000 dollarlik 320 Max va 22 500 dollarlik 320 Ultra LiDAR Edition.
Barcha versiyalarda hajmi 1,5 l, quvvati 98 ot kuchiga teng benzin dvigateli, 228 ot kuchli elektromotor va sigʻimi 40,95 kVt·soat boʻlgan CATL litiy-temir-fosfat akkumulyatori oʻrnatilgan. Elektr tortishidagi yurish zaxirasi komplektatsiyaga qarab CLTC sikli boʻyicha 325 km gacha yetadi. Toʻliq yoqilgʻi baki va zaryadlangan akkumulyator bilan umumiy yurish zaxirasi esa shu sikl boʻyicha 1 666 km ni tashkil etadi.
NX7’ning uzunligi 4 785 mm, kengligi 1 932 mm, balandligi esa 1 665 mm. Gʻildirak bazasi — 2 815 mm.
Yuqori komplektatsiya tomga oʻrnatilgan lidar hamda shahar koʻchalari va avtomagistrallarda navigatsion yordam koʻrsatadigan Momenta R7 texnologiyasiga ega. Ushbu komplektatsiya uchun aqlli haydash tizimidan foydalanish huquqi qoʻshimcha toʻlovsiz umrbod taqdim etiladi.
Salonida 3K aniqlikdagi 17,3 dyuymli displey va 55 dyuymli kengaytirilgan reallik proyeksiya displeyi oʻrnatilgan. Jihozlar qatoriga avtomatik favqulodda tormozlash va parkovka assistentini ham oʻz ichiga olgan haydovchiga yordam berishning 22 ta funksiyasi kiradi. Ovozli boshqaruv mandarin, kanton va sichuan shevalarini tushunadi.
NX7 xitoylik xaridorlar uchun ishlab chiqilgan. Rasmiy materiallarda modelni xorijiy bozorlarga eksport qilish ehtimoli ham tilga olingan, biroq aniq yoʻnalishlar koʻrsatilmagan.
Yana oʻqing

Guanchjoudagi avtosalon: Xitoy brendlarining asosiy premyeralari va yangi modellari
Yangiliklar13:28
Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06


